Tadbirkorlar uchun o‘quv seminar-treninglar hududlar boʻylab davom etmoqda
Bosh sahifa Yangiliklar Tadbirkorlar uchun o‘quv seminar-treninglar hududlar boʻylab davom etmoqda
"Ma’muriy islohatlar doirasida investitsiyalar, sanoat va savdo sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Oʻzbekiston Prezidentining PF-111-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Nurafshon shahar hokimligida seminar-trening tashkil etildi.
"O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi tomonidan "Yevropa ittifoqining "GSP+" tizimi doirasida imtiyozga ega bo‘lgan mahalliy mahsulotlarning Yevropa bozorlariga eksportini kengaytirishga oid xalqaro standart tizimlarini ishlab chiqarish jarayoniga joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturlari"ga asosan o‘tkazilgan seminarda Toshkent viloyati Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Texnik jihatdan tartibga solish agentligining Toshkent viloyatidagi mutaxassislari, shahar va tuman Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarlari hamda viloyatdagi yirik tadbirkorlik subyektlari ishtirok etdilar.