Tadbirkorlar uchun GSP+ tizimi afzalliklariga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi

Toshkent shahrida O‘zTTSA, "O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi hamda Toshkent shahar hokimligi Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi bilan hamkorlikda eksportyor korxonalar vakillari uchun seminar trening tashkil etildi.
"Yevropa Ittifoqining GSP+ tizimi doirasida imtiyozga ega bo‘lgan mahalliy mahsulotlarning Yevropa bozorlariga eksportini kengaytirishga oid xalqaro standart tizimlarini ishlab chiqarish jarayonida joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi"ga muvofiq o‘tkazilgan mazkur seminarda Mahsulotlarni eksport qilishga koʻmaklashish byurosi mutaxassislari tomonidan ishtrokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha yuzasidan javoblar qaytarildi.