Sut va sut mahsulotlarining sifatini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda
Bosh sahifa Yangiliklar Sut va sut mahsulotlarining sifatini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda
"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Navoiy filiali mutaxassislari tomonidan sut va sutni qayta ishlash mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "YANGI ASR" fermer xo‘jaligida muvofiqlikni qayta baholash ishlari olib borilib, mahsulotlar sifati nazoratdan o‘tkazildi.
Bugungi kunda mazkur korxonada ISO 22000 xalqaro standartini joriy qilish maqsadida hududiy filial mutaxassislari tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.