Sut mahsulotlarining davriy sinovlari amalga oshirilmoqda

Sut mahsuloti ovqatlanish ratsionimizdagi muhim mahsulotlardan biri hisoblanadi. Sutda inson organizmini normal rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan barcha hayotiy muhim moddalar mavjud: oqsillar, yog‘lar, sut qandi, mineral tuzlar va suv, organik kislotalar, vitaminlar, fermentlar, gormonlar, immun tanalari, pigmentlar va boshqalar.
Shuning uchun ham sut va sut mahsulotlarining texnik reglament va stanart talablariga javob berishi muhim sanaladi.
"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Qashqadaryo filiali sinov laboratoriyalar majmuasi mutaxassislari bugungi kunda mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan sut mahsulotlarining davriy sinovlarini amalga oshirib kelmoqda.
Sut va sut mahsulotlarining sinovlarini o‘z vaqtida o‘tkazib, texnik reglament talablariga qat’iy rioya etgan holda doimiy nazoratdan o‘tkazib borilishi bilan xalqimizga sifatli mahsulot yetkazib berilishiga erishiladi.