Surxondaryoda eksport masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil qilindi
Bosh sahifa Yangiliklar Surxondaryoda eksport masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil qilindi
Milliy mahsulotlarni eksport qilishda Yevropa tajribasi bilan yaqindan tanishish va Yevropa Ittifoqi bozoriga eksport qilishni samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida sohada faoliyat yuritayotgan xodimlar va mahalliy eksportchilarning bilim va malakasini oshirish maqsadida seminar-trening o‘tkazildi.
BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda "Eksport faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish va Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksportni amalga oshirish yo‘llari" mavzusidagi mazkur seminarda "Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati" davlat muassasasi Surxondaryo filiali mutaxassislari ham ishtirok etib, tadbir qatnashchilarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytardi.