"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi xodimlarining sog‘lig‘ini saqlash va salomatligini doimiy ravishda nazorat qilib borish, davolash, salomatlikka e’tiborini yanada kuchaytirish maqsadida chuqurlashtirilgan navbatdagi davriy tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Oʻzbekiston Respublikasining OʻRQ-210-sonli "Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida"gi qonuni hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining 2012-yil 10-iyuldagi 200-sonli buyrug‘iga asosan o‘tkazilgan ushbu yillik ko‘rik davomida zararli omillarda faoliyat yurituvchi, nafaqa yoshidagi va ishchi xodimlarning salomatligi tekshirilib, ularga tibbiy xulosalar berildi.