O‘zTTSA, "O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi hamda tizim tashkilotlari tomonidan Samarqanddagi savdo komplekslarida "Daladan dasturxongacha" tamoyili asosida mahsulotni tashish, saqlash va uni sifatli tarzda isteʼmolchi dasturxoniga yetkazib berish zanjirini yoritishga qaratilgan press-tur tashkil qilindi.
Ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokidagi mazkur press-tur davomida oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, xavfsizlik koʻrsatkichlari va saqlash sharoitlari eʼtibor markazida bo‘ldi.