"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Samarqand filiali xodimlari Samarqand shahrida joylashgan polietilen paket mahsulotlari ishlab chiqaruvchi "REGISTON PLASTIK" masʼuliyati cheklangan jamiyatida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Jarayonda korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni muvofiqligini baholash masalalarida amaliy yordam ko‘rsatish ishlari boshlab yuborildi. Bundan tashqari, korxona vakillar bilan kelgusida mahsulotlar sifatini oshirish yuzasidan hamkorlikda ishlashga kelishib olinib, ularni qiziqtirgan sohaga doir savollarga atroflicha javob qaytarildi.