Farg‘ona viloyati Quvasoy shahrida joylashgan, masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi "Quvasoyshifer Hrizotil" qo‘shma korxonasi bugungi kunda hrizotil sementli to‘lqinsimon shakldagi listlar (shifer) ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Farg‘ona filiali mutaxassislari tomonidan korxona vakillari bilan o‘tgan uchrashuvda mahsulotlarni mahalliy bozorlarga realizatsiya qilish va MDH davlatlariga eksportini amalga oshirishda muvofiqlik sertifikati va sinov bayonnomasining ahamiyati to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi.
Jumladan, ishlab chiqish jarayoni tahlil qilinib, mahsulotlardan sinov namunalari namuna tanlash dalolatnomasiga asosan tanlab olinib, sinov laboratoriyasiga taqdim etildi. Sinov laboratoriyasining ijobiy sinov bayonnomasiga asosan muvofiqlik sertfikati tasdiqlab berish to‘g‘risida qarorlar rasmiylashtirildi. Bundan tashqari, jamiyatga GSP+ preferensiyalar tizimi bo‘yicha imtiyozlar tushuntirilib, qo‘llanmalar taqdim etildi.
Hozirgi kunda qo‘shma korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni Qirg‘iziston davlatiga eksportini amalga oshirish maqsadida 10 million AQSh dollarlik eksport shartnomasi tuzilgan. Buning natijasida viloyatdagi eksportyor korxonalar soni yana bittaga oshishi va qo‘shimcha yangi ish o‘rinlari yaratilishga erishildi.