"Quritilgan mahsulotlar eksporti va platformasini tashkil etish" mavzusida seminar-trening boshlandi
Bosh sahifa Yangiliklar "Quritilgan mahsulotlar eksporti va platformasini tashkil etish" mavzusida seminar-trening boshlandi
Qishloq xoʻjaligi vazirligida Xalqaro savdo markaz (ITC) tashkiloti bilan hamkorlikda "Quritilgan mahsulotlar eksporti va platformasini tashkil etish" mavzusida seminar-trening oʻz ishini boshladi. Mazkur seminarda "O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Mahsulotlarni eksport qilishga ko'maklashish byurosi mutaxassislari ham ishtirok etmoqda.
Ushbu seminar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2023-yil 22-avgustda tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasida kelgusi 5-yilda meva-sabzavotlarni sanoat usulida quritishni rivojlantirish va eksportini qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar"ining 13-bandi ijrosini ta'minlashga qaratilgan boʻlib, eksport uchun yangi imkoniyatlarni yaratish va mutaxassislarni tayorlashni oʻz ichiga oladi.