Oyoq kiyim mahsulotlari ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxonaga amaliy yordam ko‘rsatildi
Bosh sahifa Yangiliklar Oyoq kiyim mahsulotlari ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxonaga amaliy yordam ko‘rsatildi
"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Samarqand filiali mutaxassislari Samarqand viloyati Urgut tumanida joylashgan "KONTINENTAL-LUX" qo‘shma korxonasi vakillari bilan uchrashib, korxonada olib borilayotgan ishlar hamda ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan oyoq kiyim mahsulotlari bugungi kunda ichki bozor va eksportga yo‘naltirilmoqda. Uchrashuv jarayonida mutaxassislar tomonidan korxona vakillariga sohaga doir qonunchilik bo‘yicha keng tushunchalar berildi hamda korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni muvofiqligini baholash masalalarida amaliy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, korxona vakillar bilan kelgusida hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.