Xorazm viloyati Xonqa tumanida joylashgan "Oazis ideal kapital" masʼuliyati cheklangan jamiyatiga "Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Xorazm filiali tomonidan doimiy tarzda amaliy yordam ko‘rsatib kelinmoqda.
Korxonada bugungi kunda milliy va xalqaro standartlar O‘zDSt ISO 9001:2015 (ISO 9001:2015) ,O‘zDSt ISO14001:2019 (ISO 14001:2015), va O‘zDSt ISO 45001:2020 (ISO 45001:2018) tizimlari bo‘yicha sertifikatlashtirish auditi o‘tkazildi. O‘tkazilgan audit jarayonlarida filial mutaxassislari amaliy yordam ko‘rsatib, sopol g‘isht ishlab chiqarish, turar joy va noturar inshoatlari qurish bilan shug‘ullanuvchi ushbu korxonaga xalqaro sertifikatlarni topshirdi.