Muzqaymoq va sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritdi

"O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Surxondaryo filiali xodimlari tomonidan muzqaymoq va sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi "SAIDJON MUXAMMADJON MUZQAYMOQLARI" masʼuliyati cheklangan jamiyatiga amaliy yordam ko‘rsatib kelinmoqda.
Ko‘rsatilgan konsultativ xizmatlar va amaliy yordamlar natijasida ushbu korxonada ISO 9001 xalqaro standarti joriy etilib, sertifikatlashtirildi.