Muzqaymoq mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasida o‘rganish olib borildi
Bosh sahifa Yangiliklar Muzqaymoq mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasida o‘rganish olib borildi
Surxondaryo viloyati Termiz shahrida joylashgan "SAIDJON MUXAMMADJON MUZQAYMOQLARI" masʼuliyati cheklangan jamiyati bugungi kunda muzqaymoq va quruq sut mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
Ichki bozorni sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar bilan ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Surxondaryo filial xodimlari ushbu korxona vakillari bilan uchrashib, korxonada olib borilayotgan ishlar hamda ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
Korxona vakillariga muvofiqlikni baholash va tasdiqlash sohasidagi me’yoriy hujjatlar talablari yetkazildi. Shuningdek, mahsulotlarini ishlab chiqarish, sinovdan o‘tkazish, sertifikatlashtirish hamda xalqaro standartlarni joriy etish tartibi bo‘yicha keng tushuntirish ishlari olib borildi.