Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi

"O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Yengil sanoat mahsulotlari sinov laboratoriyalar majmuasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 2021-yil 2-iyundagi PQ-5133 sonli qarori 6-bandiga asosan, "Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish faoliyatiga xalqaro tajribaga asoslangan holda ixtiyoriy tus berish va tartibotini soddalashtirish maqsadida:
akkreditatsiyadan o‘tishga buyurtma berishda sinov laboratoriyalarining akkreditatsiya sohasiga tashqi ko‘rik tavsiflarini (instrumental va organoleptik tahlillardan tashqari) kiritishi talabi bekor qilinadi" mavzusida Sinov laboratoriyalari majmuasi mutaxassislarining takliflari, Sinov laboratoriyalari majmuasining akkreditatsiyadan o‘tkazilganligi va Majmuada o‘zlashtirilishi reja qilinayotgan yangi sinov yo‘nalishlari bo‘yicha ZOOM platformasi orqali davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida Majmua mutaxassislari Markazning viloyatlardagi filial rahbar va xodimlari, Sertifikatlashtirish idoralari rahbar va xodimlari ishtirok etishdi. Davra suhbati juda qizg‘in tarzda o‘tdi. Filiallar mutaxassislari sohaga doir bir qancha savollarga Majmuaning malakali ustoz mutaxassislaridan javob oldilar.