O‘zTTSA "Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasining bir qator mutaxassislari Janubiy Koreya respublikasida bo‘lib, "Korea Conformity Laboratories" tashkiloti tomonidan tashkil etilgan amaliy o‘quv seminarlarida ishtirok etishdi.
Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlik shartnomasiga asosan tashkil etilgan nazariy va amaliy oʻquv jarayonlari davomida mutaxassislarning konditsioner mahsulotlarini xalqaro standartlar talablariga muvofiq energiya samaradorlik koʻrsatkichlarini aniqlash boʻyicha tajribasi almashildi.
Bundan tashqari, delegatsiya vakillari hamda xorijiy tashkilot masʼullari o‘rtasida o‘tgan uchrashuvlar mobaynida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan hamkorlikdagi kelgusi rejalar belgilab olindi.