Mutaxassis kadrlar tayyorlash bugungi kun talabi

"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Surxondaryo filiali hamda Termiz muhandislik-texnologiya instituti o‘rtasida tajriba almashish va talabalarni ishlab chiqarishga tayyorlash boʻyicha o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolangan.
Shunga muvofiq, hududiy filialning Oziq-ovqat mahsulotlarini sinash laboratoriyasida oliy ta’lim muassasasi talabalariga sinov jarayoni tanishtirildi. Shuningdek, malakali mutaxassislar tomonidan ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javob qaytarildi.