Mahsulotlarni eksport qilish istiqbollariga qaratilgan seminar o‘tkazildi
Bosh sahifa Yangiliklar Mahsulotlarni eksport qilish istiqbollariga qaratilgan seminar o‘tkazildi
BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda Navoiy shahridagi Grand-M mehmonxonasida "Eksport faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish va Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksportni amalga oshirish yo‘llari" mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Seminarda viloyatdagi mahalliy ishlab chiqarish korxonalarining mahsulotlarini eksport yo‘naltirish, bu borada amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar, standartlashtirish va muvofiqlikni baholash sohalarida ko‘rsatiladigan xizmatlarni yanada jadallashtirish borasida kelgusi rejalar belgilab olindi. Tadbir qatnashchilarini qiziqtirgan savollarga "Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Navoiy filiali mutaxassislari tomonidan batafsil javob qaytarildi.