Andijon viloyati Asaka tumani Axtachi sanoat hududida joylashgan "GRAND TEHNOLOG" masʼuliyati cheklangan jamiyati plastik qoplamali elektr uzatish kabellarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Andijon filiali mutaxassislari hamda mazkur korxona vakillari o‘rtasida o‘tgan uchrashuv mobaynida mahsulot sifati va xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha zaruriy tavsiya va maslahatlar berildi. Shuningdek, GSP+ tizimi afzalliklari yuzasidan ma'lumotlar taqdim etildi.