Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabat muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada profilaktik va targʻibot tadbirlarini doimiy ravishda oʻtkazib borish muhim ahamiyatga kasb etadi.
"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Surxondaryo filialida tizim tashkilotlari xodimlari ishtirokida "Korrupsiyaga qarshi koʻrashish toʻgʻrisida"gi OʻRQ-419-son Qonunining 26-moddasida belgilangan qonunchilik normalari talablarining ijrosi yuzasidan oʻquv seminari oʻtkazildi. Seminarda viloyat huquq-tartibot idoralari vakillari ham qatnashdi.
Tadbirda korrupsiya jinoyatini oldini olish, imkon yaratuvchi omillarga chek qoʻyish, shuningdek, ushbu illatdan doimiy ogoh boʻlish boʻyicha maʼruzalar qilindi. Bundan tashqari, korrupsiyaga qarshi kurashda davlat organlari va xoʻjalik yuritish subyektlarida "komplaens-nazorat" tizimining keng joriy etilayotganligi qayd etib oʻtildi.