Kimyo mahsulotlari uchun xalqaro standartlar talablari o‘rganildi

"O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Qashqadaryo filiali mutaxassislari "Ma’muriy islohotlar doirasida investitsiyalar sanoat va savdo sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Prezidentining farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatdagi korxonalarda uchrashuvlar o‘tkazdi.
Jumladan, qurilish, yengil sanoat, neft va gaz, qishloq xo‘jaligi va elektrotexnika mahsulotlarini sinash uchun investitsiya loyihalari asosida sinov laboratoriyalari kompleksini tashkil etish chora-tadbirlariga asosan "Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi" MChJ da mavjud sinov laboratoriyalarini istiqbolli yo‘nalishlari bilan tanishish hamda sinov laboratoriyasi xodimlari bilan fikr almashish maqsadida korxonada bo‘lib, ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlarini Yevropa va xalqaro standartlar talablarini o‘rgandilar.