Ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan hamkorlik o‘rnatilmoqda
"O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Samarqand filiali mutaxassislari Paxtachi tumanida joylashgan "Best Mix Zet" mas’uliyati cheklangan jamiyati vakillari bilan uchrashib, korxonada olib borilayotgan ishlar hamda ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
Mazkur korxonaning asosiy faoliyati qurilish (gips) mahsulotlarini ishlab chiqarish hisoblanadi. Hozirgi kunda korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ichki bozorga va eksportga yo‘naltirilgan. Ishlab chiqarishni yangi turdagi mahsulotlar bilan kengaytirish hamda eksport geografiyasini oshirish maqsadida chet el hamkorlar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Suhbat jarayonida korxona vakillariga VMQ-826-sonli qaroridagi xalqaro standartlarni joriy qilish va sertifikatlashtirish bo‘yicha berilayotgan imtiyozlar to‘g‘risida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, korxona bilan kelgusida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.