Ishlab chiqarish korxonalarida rahbariyatni ISO standartlariga jalb etish omillari qanday?
Bosh sahifa Yangiliklar Ishlab chiqarish korxonalarida rahbariyatni ISO standartlariga jalb etish omillari qanday?
Nima sababdan ayrim rahbarlar ISO standartlariga befarq? Rahbariyatni menejment tizimlariga qanday jalb etish lozim?
Oʻz lavozimidan qat’iy nazar har bir xodim uning ishi tashkilot uchun juda muhim, deb hisoblaydi. ISO standartlari sifat va eksport uchun muhim omilligini, shuningdek, hukumat tomonidan ushbu mavzu muhokama qilinayotganini, konferensiyalarda va matbuotda chiqishlar va fikr almashinuvlari yuz berayotganini hisobga olganda, ushbu yoʻnalish korxonalar rahbarlari tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi kutilishi tabiiy. Biroq, amalda buning aksi boʻlmoqda!
Aksincha, yildan-yilga korxonalar rahbariyati ISO standartlariga nisbatan sovuqqonlik bilan yondashishmoqda va korxonalarda ІЅO standartlari uchun masʼul boʻlganlar yildan-yilga kamroq qadrlanmoqdalar, rahbariyatning fikiga koʻra, ular koʻpchilik hollarda joriy ishlarga aralashib, faqat qogʻozbozlikni koʻpaytirishadi.
Natijada korxona xodimlari va ISO standartlarini qoʻllab-quvvatlovchilar rahbariyat standartlarni tushunmasligi, sifatga, oziq-ovqat xavfsizligiga, ekologiyaga, mexnatni muhofaza qilish masalalariga eʼtibor bermasligi, hamma masalalarga rasmiy ravishda, barmoq orasidan qarayotganidan shikoyat qilishadi. Lekin, aslida rahbarlardan sifat, ozik-ovkat xavfsizligi, ekologiya va mehnat muhofazasi bilan shugʻullanishlarini kutish kerakmi?
Bizning fikrimizcha YOʻQ, bu ularga kerak emas! Javob juda keskin, lekin, keling, nima uchun shunday javob berdik, koʻrib chiqamiz.
Kutilmagan nuqtai nazarni asoslash uchun oʻzimizga shunday savol beraylik: aholiga, insonlarga, jamiyat aʼzolari va bizning oilalarimizga sifat, xavfsizlik, ekologiya kerakmi?
Shu bilan birga, ijobiy oʻzgarishlarni va ISO standartlariga shaxsiy muvofiqligimizni ham qayd etish lozim. Misol uchun, deyarli har bir kishi oldingi oʻrindiqda xavfsizlik kamarlaridan foydalanadi-ISO 45001 amalda. Uyimizdagi elektr hisoblagich toʻgʻri ishlayotgan-ishlamayotganini kuzatamiz! Bu - ISO 9001 standarti. Uyda hech kim yoʻq xonalarda chiroqlarni oʻchiramiz va bolalarimizga ham buni oʻrgatamiz. Bu ISO 14001 va xatto 50001 standartlariga mos keladi! Avtomobilda ketayotib tezlikni rusxat etilgan darajaga tushiramiz, ayniqsa navigator tezlikni nazorat qiluvchi qurilma, kamera haqida xabar berganida - bu ISO 9001, ISO 45001.
Bu barchamizning yutugʻimizdir! Lekin bizning bu talablarga rioya qilishimizning sababi nima? Bu iqtisodiy jihatdir! Yaʼni biz bu yerda iqtisodiy samarani koʻramiz-bu jarimalar yoʻqligi, energiyaning tejalishi va boshqalar. Yaʼni biz jamiyat aʼzolari sifatida tejash ishlarini yoki daromad keltiradigan narsalarni bajarayapmiz!
Endi eng muhim va asosiy savol: rahbarlar asosan ISO standartlarini qoʻllashdan nima naf kutishadi?
Tender savdolari uchun yoki hukumat yoki vazirliklar talabiga binoan ISO sertifikatiga ehtiyoj sezishadi. chunki bu tender shartlariga mos kelish va shartnoma tuzish imkoniyati degani! Xoʻsh, ISO sertifikatlaridan yana qanday foyda olish mumkin?
Standartning taʼsiri, uning samaradorlikni oshirishi haqida koʻp gapirish mumkin.... Biroq, toki samarani oʻlchash mumkin boʻlmas ekan, rahbarlar faqat yaxshi, chiroyli koʻrinishidagi bir parcha qogʻozga qiziqib qolaverishadi! Savol tugʻiladi (standartlar har doim ham samaradorlikni talab qilmasada, baribir soʻrayveramiz), bizning tashkilotimizda nechta ishlash mezonlari belgilangan va ularning nechtasi ISO 9001, ISO 14001, ISO 45001 va shunga oʻxshash tizimlar doirasida nazorat qilinadi? Agar korxona tanlov shartlarida qoʻyiladigan talabga binoan sertifikat darhol taqdim qila olmasa, u xolda raxbariyat sertifikatlashtirish xizmati uchun eng kam narxda buyurtma beradi. Chunki bu narx, uning fikriga koʻra, eng foydali narx.
Nima uchun bularning barchasi aynan shunday sodir buladi va bunga kim aybdor? "Aybsiz aybdorlarni qidirmasimizdan oldin, qaysi ishlarimiz notoʻgʻri ketayotgani haqida o‘ylashimiz kerak. ISO standartini joriy qilishdan oldin rahbarlarga nimalar haqida gapirishadi? Rahbariyat uchun ISO standartlari haqidagi ilk taqdimotlarda standartlarning yuqori foyda va samaradorligi namoyish qilinadi, ammo amaliyot shuni koʻrsatadiki, tizimlar sertifikatlashtirish organlarining talablariga javob berib, serfikatga ega boʻlish uchun joriy etilmoqda. Albatta, standartlarni joriy etishda maʼlum bir tartib paydo boʻladi va ulardan hech qanday naf yoʻq deb aytish notoʻgʻri boʻladi, lekin rahbarlar samaradorlikni koʻrmaydilar! Rahbariyat samaradorligini koʻrmas ekan, ISO masalalariga munosabat va shunga koʻra, ISO sohasida maxsuslashgan boʻlimlarining xodimlariga ham munosabat keskin oʻzgaradi. Xoʻsh, bu holatda nima qilsa boʻladi? Keling, oʻzimizdan boshlaylik! Rahbariyat nuqtai nazaridan ISO standartlarini amalga oshirish natijasida paydo boʻlgan barcha befoyda narsalar roʻyxatini tuzishni boshlash kerak.
ISO standartlari tomonidan qoʻyiladigan talablarni chuqur oʻrganib chiqishimiz lozim. ISO tomonidan belgilangan vositalar amaliyotda muvaffaqiyatli qoʻllanilishi holatlari haqidagi jurnal materiallari bilan tanishib chiqish muxim. Agar oʻzimiz korxona xodimlari sifatida kontekst, strategik menejment, missiya, istiqbol, qadriyatlar, xatarlar, imkoniyatlar, bilimlar, menejment, kommunikatsiyalar, mezonlar, KPІ va yana boshqa koʻplab talablarning foydasini tushunmaydigan boʻlsak, u holda standartlarning ushbu elementlarini tashkilotimizga joriy qila olmaymiz. Shu bilan birga, ushbu talablarni tushunish ish tartiblarini yaratish darajasiga yeta olmaymiz. Boshqalardan nusxa koʻchirib olib ish samaradorligin tashkil etish mumkin emas. Chunki, biznesni boshqarish vositalarini tushunish oʻta muhim omil hisoblanadi. Shu sababli, biz oʻzimiz eng kamida masʼuliyatlarimiz doirasida yuqori malakali boshqaruvchilarga aylanishimiz zarur, agar biz ularga aylanmas ekanmiz, demak, hali yana oʻrganishimiz kerak!
"Oʻzbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Olmaliq filiali mutaxassisi D.Sobitov