"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi masʼullari vodiy viloyatlaridagi ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko‘rsatib kelayotgan hududiy filiallar faoliyati bo‘yicha o‘rganish olib bordi.
O‘rganishlar mobaynida mutaxassislarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish hamda ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tushuntirishlar berildi. Bundan tashqari, korrupsiya bilan bog‘liq holatlarga yo‘l qo‘ymaslik va ushbu illatning oldini olish xususida zarur tavsiyaviy maʼlumotlar yetkazildi.