"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Navoiy filiali, O‘zbekiston Respublikasi bojxona qo‘mitasi, Navoiy viloyat bojxona boshqarmasi hamda Navoiy ekspertiza sho‘ba korxonasi masʼullari hamkorligida Navoiy shahri sanoat zonasida joylashgan "HEATING RADIATORS" korxonasida o‘rganish olib bordi.
Jarayon mobaynida korxonada "Sandal" rusumli ikki konturli devorga o‘rnatilgan gazli qozon mahsuloti eksportini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli tavsiyalar va amaliy ko‘mak berildi.