Grant loyiha doirasida Janubiy Koreyalik mutaxassislar bilan uchrashuv tashkil qilindi
Bosh sahifa Yangiliklar Grant loyiha doirasida Janubiy Koreyalik mutaxassislar bilan uchrashuv tashkil qilindi
O‘zTTSA, "Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi hamda Janubiy Koreya Respublikasining "Korea Conformity Laboratories" tashkiloti masʼullari o‘rtasida yangi grant loyihani ishga tushirish va qo‘shma seminarga tayyorgarlik masalalari yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Koreyalik mutaxassislar bilan o‘tgan uchrashuv mobaynida Toshkent viloyatining Piskent tumanidagi Markazning elektromagnit moslashuvchanligi sinov majmuasida tashkil etilayotgan konditsioner mahsulotlarining elektr samaradorligi laboratoriyasini jihozlash ishlarini jadallashtirish bo‘yicha takliflar bildirildi. Shuningdek, 29-noyabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan qo‘shma seminar dasturi qayta ko‘rib chiqilib, kelgusidagi hamkorlik ishlari belgilab olindi.