"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muasasasi Bekobod filiali va Chirchiq filiali sinov laboratoriyalari majmuasi xodimlari oʻrtasida oʻzaro tajriba almashish jarayonlari boʻlib oʻtdi.
Bundan asosiy koʻzlangan maqsad, sinov laboratoriyalarida yaratilgan shart-sharoitlar, sinov jarayonlari ilmiy-tadqiqot ishlarining olib borilishi bilan bogʻliq chora-tadbirlarni oʻrganish hamda ijobiy tajribalarni kelgusi faoliyatga tatbiq etishdan iborat.
Faoliyat samaradorligini oshirishda sohaviy tajriba almashish va takliflarni inobatga olish muhim oʻrin tutadi. Zero, fikr-mulohazalar asosida kirishilgan har qanday ishning natijasi ancha salmoqli boʻladi. Kasb doirasida oʻrnatilgan hamkorlik esa har ikki tomon uchun ham foydadan holi emas. Bevosita bu orqali yangi gʻoyalar, ishlanmalar, innovatsiyalar vujudga keladi.