Farmon ijrosi amalda!

Buxoro viloyati Buxoro shahar hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil yil 21-iyuldagi PF-111-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimligi masʼullari, "Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi, Departament xodimlari, "O‘zMMI" hamda Savdo sanoat palatasi vakillari ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi.
"Yevropa Ittifoqining GSP+ tizimi doirasida imtiyozga ega bo‘lgan mahalliy mahsulotlarning Yevropa bozorlariga eksportini kengaytirishga oid xalqaro standart tizimlarini ishlab chiqarish jarayonida joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi"ga muvofiq tashkil etilgan mazkur seminarda viloyatdagi 60 dan ziyod eksportyor korxonalar vakillari ishtiroki etdi. Yakunda ishtrokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha yuzasidan javoblar oldilar.