"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Andijon filiali Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi mutaxassislari tomonidan Andijon shahrida joylashgan "DINAR GROUP" mas’uliyati cheklangan jamiyati masʼullari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv mobaynida mazkur korxonada OEKO TEX va SEDEX xalqaro standartlarini joriy qilish afzalliklari hamda GSP+ preferensiyalar tizimi doirasida mahsulotlarni eksportga yoʻnaltirishda yaratilgan qulayliklar borasida zarur maʼlumotlar taqdim etildi.
Bugungi kunda korxonaga Vazirlar Mahkamasining 175-sonli qaroriga asosan, mahsulot uchun sertifikat olish bo‘yicha buyurtmanoma tayyorlanishida amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.