"DIAMOND PETROL" qo‘shma korxonasiga amaliy yordam ko‘rsatildi

"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Samarqand filiali xodimlari Urgut tumanida joylashgan paypoq mahsulotlari ishlab chiqaruvchi "DIAMOND PETROL" qo‘shma korxonasida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
Masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi mazkur korxonaga hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni muvofiqligini baholash masalalarida amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.
Korxona vakillar bilan o‘tgan uchrashuv mobaynida mahsulot sifatini oshirish yuzasidan hamkorlikda ishlashga kelishib olindi. Shuningdek, sohaga doir qonunchiliklar va yaratilayotgan shart-sharoitlar yuzasidan konsultativ xizmatlar ko‘rsatildi.