Chexiya O‘zbekistonga mahsulotlarni Yevropa standartlari bo‘yicha sertifikatlashda yordam beradi
Bosh sahifa Yangiliklar Chexiya O‘zbekistonga mahsulotlarni Yevropa standartlari bo‘yicha sertifikatlashda yordam beradi
Chexiya O‘zbekistonga mahsulotlarni Yevropa standartlari bo‘yicha sertifikatlashda yordam beradi
Yagona idoralar belgisi bilan sertifikat olgan mahalliy mahsulotlar Yevropa mamlakatlariga eksport qilinishi mumkin.
O‘zbekiston Yevropa Ittifoqining yuqori standartlari va texnik reglamentlariga mos keladigan tayyor mahsulotlarni eksport qilishdan manfaatdor.
Shu nuqtai nazardan, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining Yevropa bozorlariga chiqishida yagona CЕ (Certification Europe) belgisi bilan sertifikatlash maqsadida sinovdan o‘tkazish sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish taklif etildi.
Bu haqda 10 oktyabr kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning Chexiya bosh vaziri Petr Fiala bilan uchrashuvida ma’lum qilindi.
O‘zbekistonda Chexiya kapitali ishtirokida 50 ga yaqin korxona faoliyat yuritmoqda. Joriy yilning yanvar-avgust oylarida o‘zaro savdo hajmi qariyb 2,5 barobar o‘sdi. Bunga O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi Preferensiyalar bosh tizimiga (“GSP+”) qo‘shilgani ham yordam berdi. Biroq, bu ko‘rsatkich mavjud salohiyatga mos emasligi, o‘zaro savdodagi disbalansni to‘g‘rilash bo‘yicha faol ishlash zarurligi qayd etildi.
Uchrashuvda shuningdek, investitsiya, qurilish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati, transport, bandlik, ta’lim, tibbiyot, turizm kabi qator yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va uni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.