"Centris" korxonasiga oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha xalqaro sertifikat topshirildi

ISO 22000 — bu isteʼmolchilarni oziq-ovqat mahsulotlari orqali yuqadigan kasalliklarga duchor boʻlishining oldini olish uchun ishlab chiqilgan va infratuzilma, xom-ashyo, xodimlar hamda asbob-uskunalar kabi barcha omillar bilan oziq-ovqat zanjiri tarkibidagi barcha jarayonlarni nazorat qilishga qaratilgan profilaktika tizimining integratsiyasi hisoblanadi.
"O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Kimyoviy mahsulotlarni sertifikatlashtirish organi mutaxassislari Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi, oziq-ovqat va nooziq-ovqat uchun qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "Centris" masʼuliyati cheklangan jamiyatiga muvofiqlikni baholash ishlarida doimiy ravishda amaliy yordam koʻrsatib kelmoqda. Bugungi kunda mutaxassislar korxonada oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi ISO 22000:2018 xalqaro standarti talablariga muvofiq sertifikatlashtirish ishlarini olib bordi. Mazkur sertifikat korxona vakillariga tantanali ravishda taqdim etildi.