Bojxona qo‘mitasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti tomonidan "Bojxona organlarining boshqa vakolatli organlar va tashkilotlar bilan hamkorlikdagi faoliyati" mavzusida
davra suhbati o‘tkazildi. Unda "Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi mutaxassislari ham ishtirok etdi.

Respublikamiz hududiga xavfli tovarlarni olib kirilishini oldini olish, davlat chegarasidan olib o‘tilayotgan tovarlar ustidan ishonchli nazoratni o‘rnatish, iqtisodiyotni himoya qilish va tadbirkorlarga qulayliklar yaratish borasida maʼruzalar qilindi.