Bekobodda "Korrupsiyaga qarshi kurash" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi
Bosh sahifa Yangiliklar Bekobodda "Korrupsiyaga qarshi kurash" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi
Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish bugungi kunning asosiy talablaridan biri hisoblanadi.
"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi hamda Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Bekobod filiali xodimlari ishtirokida "Korrupsiyaga qarshi kurash" mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy davra suhbati o‘tkazildi. Tadbir davomida xodimlarga "Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elektron reyestri" yuritilishi, ushbu holatlarga yo‘l qo‘ymaslik va oldini olish xususida tushunchalar berib oʻtildi.