"Asia Taren" masʼuliyati cheklangan jamiyatiga GSP+ tizimi afzalliklari yetkazildi
Bosh sahifa Yangiliklar "Asia Taren" masʼuliyati cheklangan jamiyatiga GSP+ tizimi afzalliklari yetkazildi
"O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Samarqand filiali xodimlari Oqdaryo tumanida joylashgan ventilyator mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi "Asia Taren" masʼuliyati cheklangan jamiyatida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganishlar davomida korxonada xalqaro standartlarni joriy etish, "GSP+" tizimi doirasida mahalliy mahsulotlarning Yevropa bozorlariga eksportni kengaytirish hamda Vazirlar Mahkamasining 826-sonli qarori mazmun-mohiyati bo‘yicha tushuntirish ishlari o‘tkazildi.