Andijon viloyati Xonobod shahrida joylashgan "ANDIJONKABEL" qo‘shma korxonasi aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarilayotgan "Havo elektr uzatish liniyalari uchun izolyatsiyalanmagan elektr kabellari" mahsulotlari "Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Andijon filiali mutaxassislari tomonidan 839-80 standarti talablari bo‘yicha sifat nazoratidan o‘tkazildi.
Mahsulotni qadoqlash, tamg‘alash va buyurtmachiga yetkazib berishda mahsulot sifatini ta’minlash bo‘yicha korxona vakillariga zaruriy ma’lumotlar berildi. Shuningdek, sohaga doir boshqa masalalarda amaliy va konsultativ xizmatlar ko‘rsatish yuzasidan kelishuvga erishildi.