Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida joylashgan "ALP TEXNO SERVIS" xususiy korxonasi tomonidan Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan monoblok mahsulotlarini import tarzida olib kelish yo‘lga qo‘yilgan.
"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Qashqadaryo filiali mutaxassislari tomonidan monoblok mahsulotlariga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirishda amaliy yordam ko‘rsatildi.
Bundan tashqari, mahsulotni qadoqlash, tamg‘alash va buyurtmachiga yetkazib berishda sifatni ta’minlash bo‘yicha korxona vakillariga zaruriy ma’lumotlar berildi. Shuningdek, sohaga doir boshqa masalalarda amaliy va konsultativ xizmatlar ko‘rsatish yuzasidan kelishuvga erishildi.