"Agro Bravo" korxonasiga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda

"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Samarqand filiali xodimlari Samarqand shahrida joylashgan sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi "Agro Bravo" korxonasida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
Bugungi kunda korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni muvofiqligini baholash masalalarida amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.
Korxona vakillar bilan o‘tgan uchrashuv mobaynida ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish yuzasidan hamkorlikda ishlashga kelishib olinib, sohaga doir qonunchiliklar to‘g‘risida keng tushunchalar berildi.