"Yoshlar haftaligi" doirasida minifutbol musobaqasi tashkil etildi

"Yoshlar haftaligi" doirasida minifutbol musobaqasi tashkil etildi

Jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam ravishda shugʻullanish aholimiz, ayniqsa, yosh avlodning sogʻligʻini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan bir qatorda, sportda turli musobaqalarning tashkil etilishi doʻstona kayfiyat hamda oʻzaro hamjihatlikni oshirishga bevosita xizmat qiladi.

Ayni shu jihatdan, OʻzTTSA huzuridagi "Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi hamda Davlat nazorati departamenti xodimlari oʻrtasida minifutbol musobaqasi oʻtkazildi. "Yoshlar kuni" arafasida "Sport tinchlik va doʻstlik elchisi" shiori ostida tashkil etilgan mazkur musobaqada jamoalar oʻzaro kuch sinashib, yakunda Markaz xodimlari gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.