Бюро продвижения экспорта

Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 28 apreldagi "Sertifikatlashtirish tartibotlarini va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 122-sonli qaroriga asosan ishlab chiqaruvchi korxonalarga qulay shart-sharoitlar yaratish, tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirishga yordam berish maqsadida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish Byurosi (keyinchalik - Byuro) tashkil etildi.
Mahsulotni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi (keyingi o‘rinlarda Byuro deb ataladi) «O‘zbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi» DM tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ilmiy sinov va sertifikatlashtirish markazlarida bittadan vakilga ega (Toshkent viloyatidan tashqari).
Byuro o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, «O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish» agentligining qarorlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi

 

Byuroning vazifalari, funksiyalari va huquqlari

 

Quyidagilar Byuroning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • eksportga mo‘ljallangan mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarga standartlar, mahsulotni sertifikatlash, yorliqlash, o‘rash va boshqa parametrlar yuzasidan xalqaro va mamlakatlararo talablar bo‘yicha bepul maslahat xizmatlari ko‘rsatish;
  • ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan eksportga mo‘ljallangan mahsulot ishlab chiqarishda xalqaro va mamlakatlararo standartlar talablarini joriy etish va ularga erishish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  • ishlab chiqaruvchi korxonalarga ishlab chiqarilayotgan mahsulotni xorijiy bozorlarga kiritish bo‘yicha zarur axborotlar olish uchun axborot-maslahat yordami ko‘rsatish;
  • standartlar, mahsulotni sertifikatlash, yorliqlash, o‘rash va boshqa parametrlar yuzasidan xalqaro va mamlakatlararo talablar bo‘yicha doimiy yangilab turiladigan ma’lumotnomani ishlab chiqish va joriy etish, keyinchalik uni «O‘zstandart» agentligining Internet tarmog‘idagi saytiga joylashtirish.
  • Byuro o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
  • eksportga mo‘ljallangan mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalardan tushgan masalalarni o‘rganadi va ularga zarur axborotlar taqdim etadi;
  • mahsulot eksporti masalalari bo‘yicha maslahat xizmatlari ko‘rsatish yuzasidan bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi materiallarni umumlashtiradi, tayyorlaydi va «O‘zstandart» agentligiga taqdim etadi;
  • mahsulotlarni xorijiy bozorlarga kiritishga doir mavjud muammolarni tahlil qiladi va ularni hal etish yuzasidan «O‘zstandart» agentligiga takliflar kiritadi;
  • mahsulotlarni xorijiy bozorlarga kiritish bo‘yicha dasturlar va tadbirlar tayyorlashda qatnashadi;

 

YEVROPA ITTIFOQI BOZORLARIGA YONG‘OQ EKSPORTI BO'YICHA USLUBIY QO'LLANMA: Yuklab olish

 

Byuro "O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish" agentligi hamda “O‘zbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi tarkibiy tuzilmasi hisoblanib, manzili quyidagicha:


Yuridik manzil: Toshkent shahri 100049, Olmazor tumani, Forobiy ko‘chasi 333 "A".
Amaldagi bino manzili: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bog'ibo'ston ko'chasi 210.

“O‘zbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi elektron pochtasi:  info@uztest.uz 
Telefon raqami: (71) 202-00-11 (1171).

 

Markaziy Byuro mutaxassislari:

 

F.I.O.: Xojiev Elshod Yoqub o‘g‘li
Mutaxassisligi: Bo‘lim boshlig‘i
Tel. raqami: (71) 202-00-11 ichki: (1171)
Mob. raqami: (99) 000-09-71

 

F.I.O.: Sodiqova Malika Boxodirovna
Mutaxassisligi: Bosh mutaxassis
Tel. raqami: (71) 202-00-11 ichki: (1171)
Mob. raqami: (97) 707-64-56

 

F.I.O.: Xidirov Shoxrux Bobir o‘g‘li
Mutaxassisligi: Mutaxassis
Tel. raqami: (71) 202-00-11 ichki: (1171)
Mob. raqami: (91) 791-66-99

 

Viloyatdagi tadbirkorlar esa "O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish" agentligining hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalariga murojaat etishlari mumkin:

 

Qoraqalpog‘iston          
Nurgaliev Amangali
90-709-48-28
Andijon
Boyqishieva Dilnoza
97-990-28-83
Buxoro
Sharipov Sohibjon
99-700-17-31
Jizzax
Xudoyberdiev Jamshid 
90-310-38-66
Qashqadaryo
Yo‘ldoshev Akbar
90-517-88-44
Namangan 
Sulaymonov Alisher 
91-181-99-44
Navoiy
Avezov Umid
91-334-97-79
Samarqand
Do‘stqulov Jamshid
93-351-42-43
Sirdaryo
Saydaliev Qahramon
94-912-49-92
Surxondaryo
Eshkariev Husniddin
93-790-01-68
Toshkent viloyati
Sobitov Diyor
97-714-79-11
Farg‘ona
Niyozova Nigoraxon
90-409-42-84
Xorazm 
Ro‘zmetov Sardor
97-513-31-30