Yana bir xalqaro hamkorlik shartnomasi imzolandi

Yana bir xalqaro hamkorlik shartnomasi imzolandi
Belorussiya davlat standartlashtirish va sertifikatlashtirish instituti (BelGISS) hamda "O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi tuzildi.
Unga koʻra tomonlar mutaxassislar tayyorlash, ularning malakasini oshirish, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va muvofiqlikni baholash sohasida amaliy ko‘nikmalarni egallash masalalarida hamkorlik qiladi. Shuningdek, tegishli seminarlar, vebinarlar, amaliy mashg‘ulotlar, konferensiya va maslahat tadbirlarini o‘tkazish ham shular jumlasidandir.
Bundan tashqari, memorandumning yana bir yoʻnalishi sifatida menejment tizimlarini sertifikatlashtirish, muvofiqlikni tasdiqlash va mahsulotlarni sinovdan oʻtkazish boʻyicha hamkorlikda faoliyat yuritish koʻzda tutilgan.
 
Возможно, это изображение 2 человека, люди стоят и текст