"UzTest" davlat muassasasi hamda Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti mas'ullari "AISHA HOME TEXTILE" korxonasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

"UzTest" davlat muassasasi hamda Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti mas'ullari "AISHA HOME TEXTILE" korxonasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda Namangan viloyatida joylashgan mazkur korxona xodimlariga "OEKO TEX STANDART 100" xalqaro standartini joriy etish afzalliklari, mahsulotlar sifati va raqobatdoshligini oshirish, eksport salohiyatini yanada kengaytirish masalalarida mas'ullar tomonidan atroflicha tushuncha va tavsiyalar berildi. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlik subyektlari faoliyatini takomillashtirish bilan bogʻliq Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining 39-sonli Bayonida keltirilgan asosiy yoʻnalishlar mazmun-mohiyati, yaratilayotgan qulayliklar, sertifikatlashtirish, standartlashtirish hamda metrologik xizmatlar borasida batafsil maʼlumotlar yetkazildi.

 

Возможно, это изображение (4 человека)