Mutaxassislar davlat imtihonlari komissiyasiga jalb etildi

Mutaxassislar davlat imtihonlari komissiyasiga jalb etildi
I.A.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika unversiteti Qoʻqon filialida "Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti" ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olgan talabalarning bitiruv malakaviy ishi himoyasiga davlat attestatsiya komissiyasiga a’zo sifatida "Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Qoʻqon filiali mutaxassislari taklif etildi.
Bitiruv malakaviy ishlari himoyasi izlanuvchan talabalar ishtirokida yuqori saviyada o‘tkazildi. Shu munosabat bilan oliygoh direktori Sharifjon Pulatov bitiruvchilarga kelgusi ilmiy faoliyatlarida muvaffaqiyat va zafarlar tilab, filial xodimlariga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.