Mebel mahsulotlarini eksportga yoʻnaltirishda xalqaro standartlar muhim ahamiyatga ega

Mebel mahsulotlarini eksportga yoʻnaltirishda xalqaro standartlar muhim ahamiyatga ega
Bugungi kunda mebel mahsulotlarining zamonaviy, raqobatbardosh va sifatli boʻlishi bevosita ishlab chiqarish korxonalarining yuqori texnologiyalar bilan jihozlanganligi hamda xalqaro standartlarga muvofiq faoliyat yuritishi bilan bogʻliq.
OʻzTTSA "UzTest" davlat muassasasi Buxoro filiali mutaxassislari "Oʻtror" kichik sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan ishlab chiqarish sexlari faoliyati bilan tanishdi. Jumladan, 2021-yilda ishga tushirilgan, mebel mahsulotlari ishlab chiqaruvchi "Djamxur Niso" xususiy korxonasida mahsulotlar sifati yuzasidan uchrashuv oʻtkazildi. Loyihaning umumiy qiymati 1,7 milliard soʻmga teng boʻlgan mazkur korxona vakillariga xalqaro standartlarni joriy etish orqali eksport geografiyasi hajmini oshirish afzalliklari xususida zarur maʼlumotlar taqdim etildi.
 
Возможно, это изображение в помещении и текст «UzTest Test quality ontrol»