Inson aziz, xotirasi muqaddas!

Millatning tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog‘ida. Ana shunday mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatgan, jang maydonlarida jonini fido qilgan bobolarimiz, sabr-bardosh bilan katta qiyinchiliklarni yengib o‘tgan nuroniy momolarimizni sharaflash, xotirasini abadiylashtirish asriy qadriyat, ulug‘ fazilatdir.
Navoiy viloyati Karmana tumani Аxborot kutubxona markazida 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Xotira bor ekan tirikdir inson" mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Tadbirda OʻzTTSA huzuridagi "UzTest" davlat muassasasi Navoiy filiali mutaxassislari, tuman Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi xodimlari, Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, baynalminal jangchilar hamda 99-368 harbiy qism askarlari ishtirok etib, ajdodlarimiz xotirasiga bagʻishlangan fikr-mulohazalarini bayon qildilar.
 
Возможно, это изображение 6 человек, люди стоят и текст  Возможно, это изображение 16 человек и люди стоят  Возможно, это изображение книга