Diqqat, EʼLON❗️

Oʻzbekiston Rsepublikasi Prezidenti topshirigʻiga asosan, Namangan viloyati “Yuksalish” kichik sanoat zonasi hududida mebel mahsulotlari, polimer, qurilish materiallari, yengil sanoat hamda elektrotexnika mahsulotlarini sinovdan oʻtkazish laboratoriyalarini tashkil etish belgilangan.

“Oʻzbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi tomonidan esa ushbu laboratoriyalarga zarur uskunalar roʻyxati va ularga tegishli boʻlgan texnik topshiriqlar ishlab chiqildi.

Milliy va xalqaro standart talablari boʻyicha mahsulotlar sinovlarini toʻliq olib borilishini taʼminlash maqsadida tanlangan uskunalarni dolzarbligi va zamonaviyligini taʼminlash, ularga qoʻyilgan talablarni belgilash uchun mahalliy va xalqaro ekspertlar (malakali mutaxassislar) hamda ushbu yoʻnalishda xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarni hamkorlikda ishlashga chorlaydi.

Xizmatlar toʻlovi kelishilgan holda.

Murojaat uchun telefonlar:

+99871 202 00 11 (1102)

+99871 202 00 11 (1128)