9-may – Xotira va qadrlash kuni

"O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi jamoasi xalqimizni 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan muborakbod etadi!
Biz, istiqlol neʼmatidan bahramand boʻlayotgan farzandlar yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi uchun jang maydonlarida mardonavor qahramonlik ko‘rsatib, halok bo‘lgan ota-bobolarimiz, front ortida tinimsiz mehnat qilgan fidokorona faxriylarimiz bilan umrbod faxrlanamiz. Ularning yotqin xotirasi oldida hamisha bosh egib, hurmat bajo keltiramiz.
Shu bilan bir qatorda, urushdan keyin yurtni tiklash, jannatmakon O‘zbekistonimizni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, tabarruk yoshga yetib, duogo‘yimiz bo‘lib yurgan nuroniy otaxonu onaxonlarimizga oʻz samimiy minnatdorligimizni bildiramiz.
Ozod Vatanimizda doimo tinchlik va farovonlik hukm sursin!
 
Возможно, это изображение текст