Yangiliklar

14 Авг 2024

Ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan hamkorlikda ishlash yo‘lga qo‘yilmoqda

“O‘zbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi Samarqand filiali xodimlari Pastdarg‘om tumanida joylashgan plastmassa profillarning yon qismlari uchun rezina mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi “SPS RUBBER“ masʼuliyati cheklangan jamiyatida bo‘lishdi.

14 Авг 2024

“Shanghai OUCE Certification Group” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi rasmiylari Xitoyning “Shanghai OUCE Certification Group” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda sertifikatlashtirish sohasidagi hamkorlik va tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

13 Авг 2024

Ishlab chiqaruvchi va eksportyor korxonalarga sinov laboratoriyasi faoliyati tanishtirilmoqda

“O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi Samarqand filialida oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sinash bo‘yicha tashkil etilgan zamonaviy sinov laboratoriyasi faoliyati, imkoniyati va salohiyatini viloyatdagi tadbirkorlarga tanishtirish ishlari yo‘lga qo’yilgan.

13 Авг 2024

Korxonalarga amaliy yordam ko‘rsatildi

"Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Navoiy filiali mutaxassislari viloyatdagi parfyumeriya-kosmetika, maishiy kimyo yuvish va tozalash vositalarini ishlab chiqaruvchi "Navoiy-Beauty Cosmetics" qo‘shma korxonasi hamda "Uz Plast" savdo belgisi ostida deraza va eshiklar uchun PVX profillar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi "NAVOIY PLASTICO" korxonasida o‘rganish olib bordi.

16 Июль 2024

Hamkorlikdagi yangi loyihalar muhokama qilindi

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov "Oʻzsanoatqurilishbank ATB" boshqaruv raisi oʻrinbosari Shaxzod Yusupov bilan qurilish mahsulotlari, bino va inshootlar sifati va xafvsizlik ko‘rsatikchilarini to‘liq qamrab oladigan sinov laboratoriyasini tashkil qilish masalalari bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi.

05 Июль 2024

Farg‘onada sayyor qabul o‘tkazildi

"O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi direktori tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar hamda sanoat korxonalarining faoliyati davomida yuzaga kelayotgan sohaga oid muammolarini o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi.