Yangiliklar

10 Сент 2024

Korea Apparel Testing & Research institute ekspertlari ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi

Uzbekistan Textile Standart & Certification capacity building program grant dasturi doirasida KATRI (Korea Apparel Testing & Research institute) ekspertlari ishtirokida Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning tizim tashkilotlari mutaxassislari uchun seminar-trening tashkil etildi. Unda O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi davlat muassasasisining xodimlari ham faol ishtirok etdi.

05 Сент 2024

KCL vakillari bilan qayta tiklanuvchi energiya sohasidagi standartlash va sertifikatlash masalalari muhokama qilindi

“O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” mas’ullari hamda Janubiy Koreyaning KCL (Korea Conformity Laboratories) tashkilot vakillari o’rtasida istiqbolli rejalar muhokamasiga bag‘ishlangan hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda qayta tiklanuvchi energiya sohasidagi xalqaro standartlar va sertifikatlash tizimi, xususan, KCL tomonidan bu borada O’zbekistonda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan sinov laboratoriyasi haqida so‘z bordi.

04 Сент 2024

Turkiya tajribasini o‘rganish maqsadida UzTestning bir guruh mutaxassislari Istanbulga yuborildi

“O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasining bir guruh mutaxassislari Istanbul shahrida joylashgan Turk standartlari institutiga (TSE) joriy yilning 3-5-sentyabr kunlari amaliyot o‘tash maqsadida jo‘natildi.

30 Авг 2024

Maktab ostonasidagi bolalarga bir dunyo quvonch ulashildi

“O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi hovlisida Markazda faoliyat yuritayotgan xodimlarning 1-sinfga qabul qilingan farzandlari uchun tadbir tashkillashtirildi. Mustaqillik bayrami arafasida tashkil etilgan ushbu tadbirda bolajonlarga xursandchilik bag‘ishlash maqsadida turli o‘yinlar o‘tkazilib, sahna namoyishlari ko'rsatildi.

29 Авг 2024

Tadbirkorlarga qurilish laboratoriyasi faoliyati tanishtirildi

“O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi Olmaliq filiali mutaxassislari korxona rahbarlarini qurilish laboratoriyasi faoliyati bilan tanishtirdi.

28 Авг 2024

Xitoyning muhandislik sohasida sifat nazorati kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

“O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi mutaxassislari Xitoyning “Hunan Zhili Engineering technology” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi. Xitoy korxonasi vakillari Markaz laboratoriyasidagi ishlar bilan tanishdi.