Tatariston delegatsiyasi sinov laboratoriyasi faoliyati bilan tanishdi

“Rosstandart” agentligi bilan keng qamrovli hamkorlik doirasida “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasida “Tatariston standartlashtirish, metrologiya va sinov markazi” delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

“Tatariston SMS” markazi direktori Ibragimov Oleg Yevgenevich rahbarligidagi delegatsiya UzTest faoliyatini ko‘zdan kechirdi, markazda olib borilayotgan ilmiy-sinov ishlari, mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish jarayonlari, shu jumladan, oziq-ovqat mahsulotlarining sinovi bilan tanishdi.

Ma‘lumot uchun, Tatariston mahsulotlarni tekshirish, kalibrlash, sinov uskunalarini sertifikatlash, turni tasdiqlash uchun sinovlar, metrologik ekspertiza, o'lchov usullarini sertifikatlash va boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanadi.